Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Bahorning ilk kunlaridanoq sahiy quyosh vujudimiz bilan birgalikda qalbimizni ham ilita boshlagan bir paytda biz uchun yerdagi quyoshlarimiz hisoblangan aziz ayollarimizning bahoriy bayrami 8-mart yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda. Bugun ham Andijon mashinasozlik institutida erta tongdan ayollarni madh etuvchi qo’shiqlar  sadolari ostida institutda tahsil olayotgan talaba-qizlar, ayol o’qituvchi va ishchi hodimalar tantanali ravishda kutib olindi. Aziz ayollarimizga o’zlari qiyos etiladigan go’zal gullar va dil so’zlar bitilgan bayrami tabriknomalari taqdim etildi.

 

 

     Shundan so’ng kunning birinchi yarimida bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan bayram tadbiri ko’tarinki ruhda tashkil etildi. Bayram tadbiri avvalida institutda samarali faoliyat olib borgan, o’tgan davr mobaynida bir qator yuksak natijalarga erishgan ayol o’qituvchi va ishchi hodimalar institut rektorining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 Taqdirlash marosimidan so’ng bayram dasturidan o’rin olgan kuy va qo’shiqlar institutning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan kompozitsiyalar bayram sababchilari tomon arg’umon etildi. Bayram kechasiga institutda faoliyat olib borib, hozirda nafaqada bo’lgan faxriy ustozlar ham taklif etilgani, bir necha yillar davomida birgalikda bir jamoa bo’lib ish olib borgan ayollarga bayram bahona diydor ko’rishishlari uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

 

 

     Kunning ikkinchi yarmida shirin diydor bir piyola choy ustida davom ettirildi. Shu kuni aziz ayollarimiz bayramona bezatilgan dasturxon ustida dildan suxbat qurib, ko’rsatilgan yuksak e’tibor zamirida chinakam ayollik baxtini yurakdan tuygan bo’lsalar ajab emas.  

 

  

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi