Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon viloyati hokimi SH.Abduraxmonovning 2019 yil 4 mart kungi № k-240 sonli topshirig’iga asosan ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o’rganish yuzasidan institut ishchi guruhi tomonidan 2019 yil 7 mart kuni yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda bundan keyin ijro intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar davom ettirilishi va uning nazorati YOshlar bilan ishlash prorektori N.Ikromov zimmasiga yuklatildi. Har bir rahbarning qabul daftarlari yuritilishi tashkil etildi.

Yig’ilishda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, YOshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N.Ikromov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamadjanov,  Devonxona mudirasi G.Xamrakulova, rektor yordamchisi B.Abdukarimovlar qatnashdi.