Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 5-mart kuni Andijon mashinasozlik institutida mazkur farmonning 29-bandiga ko’ra “Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini e’zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o’rtasidagi muvozanatni saqlash g’oyalarini targ’ib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq dars” tashkil etildi.

     Ochiq dars mashg’ulotini institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova ochib berdi.

     Ochiq dars mashg’uloti O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini tinglash bilan boshlandi. Tashkil etilgan ochiq dars mashg’uloti davomida “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti D.Imanova tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari qabul qilingan sanalar va milliy ramzlarimiz tarixi haqida  talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi. Qolaversa har bir yoshning davlat ramzlariga bo’lgan xurmati asosida uning vatanga bo’lgan muhabbati va cheksiz sadoqati yotishi haqida so’z yuritdi.

     O’tkazilgan ochiq dars mashg’ulotida 100 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.  

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi