Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yurtimizga o’zining fayzi, shukuhi va o’zgacha beg’uborligi bilan bahor fasli kirib keldi. Bahor bayramlarga boyligi bilan boshqa fasllardan ajralib turadi. Bu faslni aynan ayollar bayrami ochib berishida o’zgacha bir ma`no mujassam.

Bugun institutimizning «Transport va logistika» va «Avtomobilsozlik» fakultetlarida ham 8-mart – «Xotin-qizlar bayrami» tadbiri ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Tadbirda institutimiz ayol xodimlari hamda talabalari uchun bayram dasturi namoyish etildi.

Tadbirda «Transport va logistika» fakulteti dekani A.Ermatov, «Avtomobilsozlik» fakulteti dekani M.Qo’chqarov, institut «Ma`naviyat va ma`rifat bo’limi» boshlig’i M.Xoliqova hamda bir qator ayol professor-o’qituvchilar, xodimlar va talaba-qizlar ishtirok etdilar.

 

«Transport va logistika» fakulteti