Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 1-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti, “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” kafedrasida yig’ilish o’tkazilib, u institut ilmiy Kengashining yig’ilish bayonnomasida ko’rsatib o’tilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga bag’ishlandi.

     Yig’ilishni kafedra mudiri prof. N.Mo’minov olib borib, quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi.

     – Ta’lim sifatini oshirish, korruptsiya va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish faoliyatimizning asosiy mezoniga aylanishi kerak.    O’tayotgan har bir kunimiz yangicha ishlash, har bir ishimizda fidoiylikni talab qilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sifatini yanada oshirish, faoliyatimizga tanqidiy ruxda yondoshish, kamchilik va muammolarimizni birgalikda hal qilish, talabalar davomatini yuz foizga olib chiqish barchamizning eng oliy vazifamizga aylanishi kerak deb o’ylayman. Shuningdek, korruptsiya va uning salbiy illatlariga qarshi kurashish, har birimiz o’z ishimizga halol va vijdonan yondoshishimiz faoliyatimizning asosiy mezoniga aylanishi kerak.

     Yig’ilish davomida kafedra dotsenti B.Qosimov, katta o’qituvchi M.Sattarovlar ham so’z olishib, ilmiy Kengashda ko’rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ayniqsa, korruptsiya va boshqa salbiy illatlarning oldini olish bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan masalalar, bu borada kafedra professor-o’qituvchilarning mas’uliyati, talabalar bilimini adolatli baxolash kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib o’tishdi.

     Yig’ilishda kafedraning o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari kabi muhim masalalar bo’yicha ham fikrlar bildirilib, yechimini kutayotgan muammolar va ularni ijrosini ta’minlash bo’yicha rejalar belgilab olindi.

     Yig’ilish davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, gurux murabbiylari faoliyatini yanada jonlantirish kabi bir qator masalalar yuzasidan savol-javoblar bo’lib o’tdi.

 

Xayrullo Vasiev – Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi