Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 4-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Transport va logistika fakultetlarida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

    Har ikkala binoda o’tkazilgan yig’ilishda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Mamajonov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova, Tranport va logistika fakultet dekani A.Ermatov boshchiligida fakultet dekani o’rinbosarlari, faxriy ustozlar, 400 dan ziyod talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Yig’ilishda yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan barcha talabalarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv haftasi davomida ustoz va murabbiylar tomonidan talabalarning oldilariga qo’yilgan vazifalarni sidqi dildan ado etishlari, fanlarni a’lo darajada o’zlashtirishlarini, ularni o’quv mashg’ulotlariga muntazam ravishda qatnashishlari, ilmiy va innovatsion loyihalarda faol bo’lishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o’zlarini iqtidor va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun institutda barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli ekanligi uqtirib o’tildi va bu imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish kerak ekanligi tushuntirildi.

     Yig’ilish davomida o’tgan haftada bir qator iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Xususan O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi Respublika ko’rik-tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritgan talabamiz Akbarov Abdulhamidni ushbu yuksak mukofotni qo’lga kiritganligi munosabati bilan tadbirning barcha ishtirokchilari tomonidan qizg’in muborakbod etildi va maxsus diplom bilan taqdirlandi. Qolavesa o’tgan haftada  “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondoshuv” va “Eng yaxshi innovatsion g’oya” ko’rik tanlovi natijalari e’lon qilindi hamda g’oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

     Yig’ilish so’ngida o’tgan hafta davomida erishilgan yuqori natijalar bu o’quv haftasida ham bardavom bo’lishiga ishonch bildirildi va ushbu o’quv haftasi davomida amalga oshiriladigan ishlar haqida talabalarga axborot berildi.

 

   

 

Odilov Otabek

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                         Institut matbuot va axborot xizmati xodimi