Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutning kichik anjumanlar zalida 2019 yil 01 mart kuni navbatdagi faollar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni  O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi.  Unda YOshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N. Ikromov, o’quv uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, dekanlar M.Eshonov, T.Turg’unov, M.Qo’chqarov, innovatsion ta’lim texnologiyalari  fakulteti uslubchisi N.Karimov, ATM rahbari G.Parpiyev, ARM direktori o’rinbosari D. Kurbonovalar ishtirok etdilar. Kengashda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

  • 2018-2019 o’quv yili kuzgi semestrining o’quv jarayoni jadvali bo’yicha 1-2-3-kurslar uchun navbatdagi qaydnomalar  holati bo’yicha fakultet dekanlari M-A.X.Eshonov,  S.Turg’unov, M.U.Qo’chqarovlar professor-o’qituvchilar tomonidan guruh jurnallarini to’liq rasmiylashtirilishiga erishish, yakuniy nazoratlarni ishlab chiqilgan grafik asosida o’z vaqtida videokuzatuv nazorati ostida o’tkazish, baholash qaydnomalarini o’z vaqtida dekanatlar tomonidan qaytarib olish, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini “moodle” tizimiga qo’yish, stipendiya buyruqlarini o’z vaqtida ishlab chiqish chora-tadbirlari bo’yicha axborot berdilar.
  • “ZiyoNet” tarmog’iga ma’lumotlarni joylashtirish bo’yicha ATM rahbari G.Parpiyev va fakultet dekani M-A.X.Eshonov so’z olib yanvar-fevral-mart oylari uchun “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti ma’sul ekanligi va tez kunlarda materiallarni taqdim etish bo’yicha chora tadbirlar belgilanganligini aytib o’tdilar. Bundan tashqari my.edu.uz saytiga talabalar turar joyi bo’yicha statistik hisobotlar berib borish kerakligi ta’kidlandi. 
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalaridagi avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 130-sonli buyrug’ining ijrosi bo’yicha Axborot-resurs markazi direktor o’rinbosari Dilfuza Kurbanova so’zga chiqib, mazkur buyruqning 2-ilovasiga muvofiq “ARMAT” dasturi haqida va uning imkoniyatlari bo’yicha  gapirib o’tdi.
  • Yig’ilishda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov institut hozirda Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural Davlat Universiteti bilan ishlab chiqilgan yo’l xaritasi asosida hamkorlik amalga oshirilayotganligi, Bunda “Avtomobilsozlik”, “TMJ”, “Axborot texnologiyalari” kafedralari faol ekanligi, rejada “MYAMT” va “MSMSM” yo’nalishlari bo’yicha qo’shma dastur asosida ishlar olib borilishi rejalashtirilayotganligi aytildi. Xuddi shunday halqaro hamkorlik Rektorimiz U.R.Salomov tashabbusi va rahbarligida Turin politexnika universiteti(Italiya),  O.Suxoy nomidagi Gomel Davlat texnika universiteti(Belarus) va Akademik M.M.Adishev nomidagi Osh texnika universiteti(Kirgizston) bilan olib borilayotganligi aytildi.
  • YOshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N.Ikromov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151 sonli qarorining ijrosini ta’minlash bo’yicha bajarilgan ishlar yuzasidan barcha kafedra mudirlariga bir hafta muddat ichida Monitoring va ichki nazorat bo’limiga hisobot topshirishi kerakligini tayinladi.

Yig’ilishda ko’rilgan masalalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.