Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 Institutning katta anjumanlar zalida 2019 yil 25 fevral kuni Ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Kengash a’zolari, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda institut qoshidagi akademik litsey direktori ishtirok etdilar. Kengashda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4732-sonli farmoni bo’yicha institutda bajarilayotgan ishlar haqida.

     Notiqlar – Institut rektori  U.R. Salomov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor
Q.M. Ermatov, Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i   U.Q. Sabirov

  1. Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O’zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari ijrosi) hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida.

Notiq – Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i   U.Q. Sabirov

  1. Institutda korruptsiya va boshqa illatlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot ishlarini yanada kuchaytirish faoliyati bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalari to’g’risida.

Notiq – Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.YU. Xoliqova, Xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi raisi R. YUsupova, YOshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov, fakultet dekanlari (M-A.X. Eshonov,     T.S. Turg’unov, M.U.Qo’chqarov), Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi T.Almataev

  1. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining 2018 yil faoliyati va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar to’g’risida.

Notiq – Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.B. YUsupova

  1. Institut qabul komissiyasining 2018-2019 o’quv yili uchun bakalavriat va magistraturaga qabul natijalari bo’yicha hisoboti. Muammolar va takliflar.

Notiq – mas’ul kotib T.S. Turg’unov

SHubilan birga Ilmiy kengash yig’ilishida boshqa turli masalalarga ham e’tibor qaratildi.