Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Inson yaralibdiki o’z hayoti va yashash tarzini yaxshilash uchun ko’plab olamshumul kashfiyotlar ustida ish borishdan aslo to’xtab qolgani yo’q. Ayniqsa 21-asrga kelib bu jarayon shiddat bilan davom etmoqda. Har daqiqada internet olamida qaysidir davlatda ishlab chiqilgan yangi innovatsion texnologiyalar, aqlli texnikalar haqida o’qib beixtiyor- “Shunday uskunani o’ylab topgan odamning aql-u zakovatiga tasannolar”- deb yuboradi kishi. Ammo tan olib aytish kerakki          insoniyatning eng buyuk kashfiyoti sifatida kitob hozirgi kundagi barcha nonatexnologiyalarni ortda qoldiradi. Kitobni nafaqat buyuk kashfiyot balki, bir mo’jiza deb atasak ham mubolag’a bo’lmaydi. Barchamizga ma’lum va mashhur bo’lgan Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” asarini asosida suratga olingan filmni ko’rmagan yurtdoshimiz bo’lmasa kerak. Filmni tomosha qilish davomida undagi voqelarni tomoshabin uni suratga olgan rejissor nigohi bilan ko’radi va bu tabiiyki tomoshabinni tasavvur olamiga bazi bir cheklovlarni qo’yishi barchamizga ma’lum. Bu so’zlar bilan filmni tomosha qilmaslik kerak fikrdan aslo yiroqdamiz. Aytmoqchi bo’lganimiz, ushbu asarni o’zingiz ham vaqt ajratib mutoala qilib ko’ring va undagi voqeliklarni o’z tasavvuringiz bilan his eting.

     Buning uchun esa ajoyib imkoniyat taqdim etilmoqda. Institutimizning Axborot resurs markaziga bir qator yangi adabiyotlar qatorida ushbu betakror asarning yangi nashri ham keltirildi. Jami besh jidldan iborat tanlangan asarlar to’plamida yozuvchining “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon”, “Diyori bakr”, “Adibni xotirlab” kabi asarlar ham joy olgan. Kitob fondidan siz istagan va sevib mutoala qiladigan yozuvchi shoirlarning yangi asarlarini topishingiz mumkin.

edf

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi