Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 18-19 oktyabr kunlari Toshkent shaxrida o’tkazilgan O’zbekiston-Rossiya talim forumida Andijon mashinasozlik instituti bilan Rossiyaning Janubiy Ural davlat universiteti o’rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Ushbu anglashuv memorandumiga asosan Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo’lgan Janubiy Ural davlat universiteti bilan qo’shma dasturlar asosida talabalarni o’qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o’qituvchilar malakasini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish uchun belgilangan.

Xususan, Andijon mashinasozlik institutining Axborot texnologiyalari kafedrasi va Janubiy Ural davlat universitetining Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Ushbu hamkorlikga asosan hamkorlik ta’lim dasturlari asosida, o’quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish, hamkorlikda video konferentsiyalar, video ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar tashkil etish, shuningdek ilmiy izlanuvchilarga tadqiqot olib borishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi.