Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 6-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi “Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko’rsatuvchi sport to’garaklarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 78-son qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 113-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozik instituti Avtomobilsozlik hamda Transport va logistika fakultetlari sport zalida sportning Universal jang san’ati turi bo’yicha arzonlashtirilgan to’garaklar tashkil etilmoqda.

     Mazkur sport turiga qiziquvchi va mashg’ulotlar olib borish istagida bo’lgan yoshlar to’garakka a’zo bo’ling va haftaning dushanbadan jumagacha bo’lgan kunlarida 19:00 dan 21:00 gacha bo’lib o’tadigan mashg’ulotlarda ishtirok eting.  

 

 

Odilov Otabek 

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi