Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari bakalavriyatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi  393-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 28-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti “Transport va logistika” fakulteti “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi assistentlari O.Po’latova, D.Rahmonova hamda B.Yaqubovalar tomonidan Andijon mashinasozlik kolleji bitiruvchi talabalari o’rtasida  “Oliy ta’lim muassasalari bakalavriyatiga talabalarni o’qishga qabul qilish uchun yoshlar o’rtasida kasbga yo’naltirish ishlari” yuzasidan “Kollejdan oliy ta’limga yo’l” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

     Davra suhbati avvalida Oliy ta’lim muassasalari bakalavriyatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom bilan tanishtirib o’tildi, so’ngra institut faoliyati aks etgan video-rolik namoyish etildi. Unda institutdagi ta’lim yo’nalishlari va ularning klassifikatorlari, qabul kvotalari, yo’nalishlar bo’yicha fanlar bloklari, jumladan institutda olib borilayotgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, talabalarni o’qishlari, izlanishlari va ilmiy ish bilan shug’ullanishlari uchun, qolaversa Respublikamizning turli viloyat va tumanlaridan kelgan talaba-yoshlarning yashashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, ularni kelajakda yirik sanoat korxonalarining talabiga to’liq javob bera oladigan yetuk va raqobatbardosh mutaxassis bo’lishlari, qolaversa viloyat miqyosida faoliyat yuritayotgan nufuzli  ishlab chiqarish korxonalari hamda tashkilotlar bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlar mazmuni ifodalangan bo’lib, ushbu video-rolik orqali talaba-o’quvchilar institut haqida dastlabki taasurotga ega bo’ldilar.  

     Talabalarning qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi