Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019/2020 o’quv yili sentyabr oyidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida 1 yil davomida stajirovka o’tash uchun Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi va O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rtasida 1999 yil 8 noyabrda imzolangan Bitimga muvofiq stajirovka o’tash uchun stipendiya ajratildi.

XXRda yashash va stajirovka o’tash bilan bog’liq barcha xarajatlar (viza, chiptalar muddatini uzaytirish, ortiqcha yuk, Xitoyda tibbiy ko’rikdan o’tish to’lovlaridan tashqari) Xitoy tomonidan, Toshkent-Pekin-Toshkent yo’nalishi bo’yicha aviachiptalar esa Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qoplanadi.

Stajirovka uchun o’tkaziladigan tanlov ishtirokchilari yaqin 2 yil davomida XXR yoki boshqa xorijiy davlatlarning grant yoki stipendiyalarini olmaganlar qatoridan bo’lishi tavsiya etiladi. SHu bilan birga tanlovda boshlang’ich va bitiruvchi kurslardan talaba nomzodlar tavsiya etilmaydi.

            SHundan kelib chiqqan holda, Andijon mashinasozlik instituti Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida 1 yil davomida stajirovka yuborish uchun 2 nafar nomzodlarni tanlab olishi kerak va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiya qiladi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • Stajirovka ingliz tilida tashkil etiladi. SHu sababdan ular ingliz tilini yuqori darajada bilish zarurligini aloxida ta’kidlab o’tamiz. Ular bilan tanlangan tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ingliz tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida imtixon o’tkaziladi. Nomzodlar eng yuqori ball to’plaganlar orasidan tanlab olinadi.
  • OTM tomonidan ko’rsatilgan nomzodlarni yosh o’qituvchilar, OTM xodimlari, doktorantlar qatoridan tavsiya etish maqsadga muvofiqligi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligidan alohida takidlab o’tilgan.
  • Nomzod tanlash jarayonida muxandislik-texnik, aniq va tabiiy fanlar yo’nalishlariga ko’proq urg’u berilgan. Tanlovga ijtimoiy-siyosiy ta’lim yo’nalishlari kiritilmaganligini inobatga olish zarur.
  • Ingliz tili o’qituvchilarini Xitoyda ingliz tili bo’yicha stajirovka o’tash uchun tavsiya etish ushbu stajirovka maqsadlariga mutlaqo mos kelmaydi, shundan kelib chiqqan xolda ular grant dasturida qatnashishlari tavsiya etilmaydi.
  • Nomzodlar stajirovka davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy ish mavzusi va rejasi (Research Plan) ingliz tilida aloxida varaqda tayyorlanib, ilmiy raxbar tomonidan tasdiqlangan xolda tanlov komissiyasiga taqdim etadi va uni ingliz tilida taqdimot (prezentatsiya) qilib beradi.

Ushbu dasturda qatnashishni istagan nomzodlar o’z rezyumelarini (CV) 28.02.2019 kunga qadar akbarov0011@mail.ru elektron po’chtasiga yuborishlari kerak.