Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berganimizdek joriy yilning  20-22- dekabr kunlari Oliy ta’lim muasssalari talabalari uchun “O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi” tanlovining Respublika bosqichi O’zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida bo’lib o’tgan edi. Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan jami 183 nafar talabalar ishtirok etgan tanlov yakunida 14 nafar talabalar O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi sohibiga aylangan edilar.

     2019-yilning 26-fevral kuni tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Marosim O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida tashkil etildi. Taqdirlash marosimida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Mazkaziy Kengashi raisi o’rinbosari A.Sa’dullayev qatnashdi hamda g’oliblarni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Mazkaziy Kengashi esdalik sovg’alari va maxsus guvohnomalar bilan taqdirladi.  G’oliblar safida  Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish yo’nalishi 3-bosqich talabasi Akbarov Abdulhamid Akmal o’g’li ham ishtirok etdi. Eslatib o’tamiz talabamiz ushbu tanlovda “Qishloq joylaridagi ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi o’quvchi-yoshlarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlari uchun zamonaviy va ilg’or texnologiyalar asosida arzonlashtirilgan pullik to’garaklar tashkil etish” loyihasi bilan ishtirok etgan edi.

     Talabamizga keyingi o’qish va ishlarida ulkan zafarlar tilagan holda umid qilamizki, yuksak marralar sari o’z tengdoshlarini ham ortidan ergashtira oladigan mana shunday yoshlar institutda hali bisyor va kelajakda bu kabi yutuqlar bardavom bo’ladi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi