Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2019-yilning 25-fevral kuni Andijon mashinasozlik institutining asosiy binosida Avtomatika va elektrotexnika, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetlari talabalarining hamda Transport va logitika fakulteti talabalarining an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

        Ertalabki yig’ilishlarda prorektorlar, fakultet dekanlari va bo’lim boshliqlari tomonidan o’tgan hafta davomida institutda ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-ilmiy yo’nalishda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumotlar berildi.

        Shuningdek, institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova tomonidan boshlanayotgan o’quv haftasida talabalar o’rtasida olib boriladigan turli yo’nalishdagi tadbirlar xususida axborotlar berildi hamda hafta davomida talabalardan fanlarni yaxshi va a’lo baholarga o’zlashtirishi, o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishlari kerakligi xususida so’z yuritildi.

       O’tkazilgan ertalabki saf tortish tadbirida jami 150 dan ziyod professor-o’qituvchilar va 2865 nafar talabalar ishtirok etdilar.