Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019-yilning 25-fevral kuni Institutning «Transport va logistika» fakultetida  an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ostida O’zbekiston bayrog’i ko’tarildi. Bu orqali barcha professor-o’qituvchilar va fakultet talabalari o’zlarining yurtiga bo’lgan chin sadoqatini namoyon etmoqdalar.

Bu galgi tadbir ham fakultetda  yuqori saviyada tashkil etildi va ushbu tadbir oldingi tadbirlardan farqlandi. Sababi fakultetning Ahmedov Sherdor murabbiylik qilayotgan Xizmatlar sohasi yo’nalishi talabalari o’zlarining guruhdagi faol ishtiroki, davomati va kiyinish madaniyati yuqori bo’lganligi uchun bayroqni ko’tarish ushbu guruhga topshirildi.

Tadbir so’ngida fakultet dekani Akmaljon Ermatov keyingi shunday tadbirlarda boshqa guruhlar va ularning murabbiylari bilan birgalikda o’tkazish mumkinligini aytib o’tdi. Shundan so’ng fakultet dekani barcha talabalarning o’qish hamda ishlariga omad va zafarlar tilagan holda o’qish haftasini boshlashga ruxsat berdi.

«Transport va logistika» fakulteti dekanati