Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     “EEE” kafedrasining katta o’qituvchisi Axmedov Alimjon Maxmudovich Uch fazali tok zanjirlarida elektr parametrlarini rostlash usullari ilmiy mavzusi asosida seminar o’tkazdi.

     Ushbu seminarda kafedra mudiri S.Abduraxmonov, katta o’qituvchilar B.Azizov, Z.Rejabov, B. Rayimjonov, D.Abduxalilov N.Nuriddinov, assistentlar M.Madumarov, O’.Axmadaliyev, I.Boltaboyev, Z. Boyxonov, M.Matqosimovlar, doktorant M.Maxsudov, hamda xodimlar ishtirok etdilar.

 

Seminarda ilmiy ishning asosiy maqsadi ishlab chiqarish korxonalarida elektr tizimlarini turli zarar etkazuvchi omillardan himoyalash uchun elektrotexnik jihatdan zamonaviy, rivojlangan davlatlarda qo’llanilayotgan va yuqori samarali texnologiyalardan foydalanishni usullarini yaratish va uni ishlab chiqarishda tadbiq etishni tashkil etish haqida. Rivojlangan Evropa davlatlarida elektr tizimlarida ishlatiladigan dvigatellar yangi yuqori samarali gabariti kichik bo’lib yengil amorf materiallardan yasalib va yuqori aniqlikda yaratilayotgani va unday usullarni o’rganish, uni ishlab chiqarish korxonalarida tadbiq etish dolzarb. Hozirgi kunda bunday usullardan foydalanish xususan, turli elektr jihozlarining yangi modellarini va uning ishlash mexanizmlari bo’yicha keng ko’lamda izlanishlar olib borish zarurligi uchun ishlab chiqarish korxonalari bilan xamkorlik qilishni yo’lga qo’yish haqida so’zladi.

Energiya tejamkor elektr jixozlaridan foydalanish, reaktiv energiya kompensatsiyasi va 3 fazali elektr taminotini rostlashda sinxron dvigatellar va kondensator batareyalarini ishlatilishini, eski tipdagi dvigatellarni yangi tiplari bilan almashtirish haqida so’zladi.