Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2019-yilning 21-fevral kuni UzAvtosanoat Aksiyadorlik kompaniyasi Kadrlar boshqarmasi boshlig’i L.Mamatov va Mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig’i Sh.Alimovlar Andjon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko’zlangan maqsad korxona va institut o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo’ldi. Tashrif davomida mehmonlar hamda institut rahbariyati hodimlari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

      Uchrashuv davomida mehmonlar Andijon mashinasozlik institutida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini tubdan yaxshilash borasidagi takliflar bilan chiqdi. Unga ko’ra institut talabalari o’quv-amaliyotlarini bevosita sanoat korxonalarida o’tashlari uchun barcha imkoniyatlar kompaniya tomonidan keng yo’lga qo’yilishi, institut talabalari safidan aqliy salohiyati yuqori bo’lgan yoshlardan oliygohni tamomlagandan so’ng  ish joyi kafolatlangan malakali kadrlar guruhini tashkil qilish va ular bilan alohida ishlash hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi xususiyatidan kelib chiqqan holda Avtosanoat stipendiyasini ta’sis etish va iqtidorli talabalarni ushbu stipendiya bilan rag’batlantirish rejalashtirilgan. Bu esa kelajakda barcha talabalarga mos keladigan kadrlar tayyorlashda ijobiy natija berishi to’g’risidagi masalalar har ikki taraf vakillari o’rtasida muhokama qilindi. Yaqin kunlar ichida ikki tomon o’rtasida aniq maqsadlar belgilanib, kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi