Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 18-fevraldagi 345-sonli modemnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 21-fevral kuni Andijon viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassislari bilan institut professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida BMTning “Yoshlar huquqlari to’g’risidagi” xalqaro konvensiya loyihasi targ’ibotiga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.

     Unda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xoliqova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut Boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov, Viloyat Adliya boshqarmasi “Inson huquqlarini himoya qilish” bo’limi bosh maslahatchisi Kamoliddin Mashrabov, Nodavlat-notijorat tashkilotlari bo’limi katta maslahatchisi Asilbek Kasimov va 200 dan ziyod talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.      

     Tadbir avvalida M.Xoliqova so’zga chiqdi va o’z so’zida bugungi kunda aholida, eng avalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuyg’usini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilayotganligi haqida aytib o’tdi.

     Shundan so’ng Viloyat Adliya boshqarmasi “Inson huquqlarini himoya qilish” bo’limi bosh maslahatchisi Kamoliddin Mashrabovga so’z berildi. Mutaxassis o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko’p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT konvensiyasini qabul qilishni taklif qilganligi mamalakatimiz prezidentini butun dunyo yoshlari taqdiriga ham befarq emasligidan dalolat ekanligini aytib o’tdi. Ayniqsa so’ngi yillarda yoshlarni o’qib-o’rganishi mustaqil ta’lim olishi uchun qulaylik yaratish maqsadida chiqarilayotgan qarorlar va farmonlar bilan muntazam tanishib borish hozirgi zamon talabi ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.

    Tadbir davomida so’z olgan Nodavlat-notijorat tashkilotlari bo’limi katta maslahatchisi Asilbek Kasimov davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intelektual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimini yaratish maqsadida 2016-yil 14-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganligi ham mamlkatimizda yosh avlodga bo’lga yuksak e’tibor namunasi ekanligini ta’kidlab o’tdi.

     Tadbir so’ngida institutning Iqtisodiyot yo’nalishi talabasi Sh.Madrahimov so’zga chiqdi va o’z nutqida o’z tengdoshlariga bugunning va ertaning egalari sifatida shu yurtda amalga oshirilayotgan islohotlardan boxabar bo’lish, ularda bevosita ishtirok etish, yoshlarning manfaatlari uchun xizmat qiladigan qonunlarni bilish bilan birgalikda ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishga undadi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi