Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsu ta’lim  vazirligining 2019-yil 18-fevaldagi 350-sonli modemnomasi hamda 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar dasturining 21-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 22-fevral kuni  institutning Transport va logistika fakulteti talabalari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, OIV-OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning  oldini olishga qaratilgan “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

     O’tkazilgan tadbirda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xoliqova, Transport va Logistika fakulteti dekani A.Ermatov, Andijon viloyat Psixonevrologiya dispanseri “Narkologiya” bo’limi narkologi B.Yusupov, Andijon viloyat “OITSga qarshi kurashish” markazi mutaxassislari J.Mamadaliyeva, N.Nabijonovalar hamda 120 ziyod talaba va 10 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan Alkogolizm, Narkomaniya, OIV(orttirilgan immunitet virusi), OITS(orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi), kabi kasalliklarning kelib chiqish sabablari, kasallikka chalinmaslik chora-tadbirlari va ularni oldini olish choralari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi