Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

20-fevral kuni institutda 2019 yil mart-aprel oylarida qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslariga borishi belgilangan institut professor-o’qituvchilari uchun kurslarda o’qish va malaka oshirish davomida faoliyatini samarali bo’lishligini ta’minlash maqsadida seminar o’tkazildi.

Seminarda “Proffessor-o’qituvchilarning malaka oshirish tizimi” (O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov), “Oliy ta’lim normativ – xuquqiy xujjatlari” (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), Professor- o’qituvchining portfoliosini shakllantirish (SICHTE katta o’qituvchisi E. YUlchiyev), “Proffessor-o’qituvchilarni malaka oshirish kurslarida baholash mezonlari” (EEE kafedrasi mudiri S. Abduraxmonov),  “Bitiruv loyihaviy ishi mavzusini shakllantirish va tayyorlash” (Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi S. Mirzaev) mavzularida ma’lumotlar berildi.

SHu bilan birga ma’ruzachilar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslarida o’qishning o’ziga xos jihatlari, o’qish tartibi va baholash mezonlariga oid savollarga javoblar berildi.

Seminar yakunida qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslariga borishi belgilangan professor-o’qituvchilari uchun kurslarda o’qish va malaka oshirish davomida faoliyatlarini samarali bo’lishligini ta’minlash maqsadida institut Axborot texnologiyalar markazi kompyuter zalida sinov testlari o’tkazildi.

Unda qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslariga borishi belgilangan  professor-o’qituvchilar Prezident asarlari, Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlari, Pedagogika va pedagogik texnologiyalar, Innovatsion ta’lim texnologiyalari, Axborot kommunikatsion texnologiyalar va ingliz tili fanlariga oid savollarni o’z ichiga olgan easy Quizzy dasturida tayyorlangan testlar bo’yicha sinov testlarini topshirdilar.