Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

19- fevral sanasida Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markaziga Tokioda joylashgan Yapon tili akademiyasi rahbari Kamata Mai xonim tashrif buyurdi.

Uchrashuvda institutimiz qoshidagi «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi koordinatori A.Ermatov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.Jo’rayev va markaz koordinatori assistenti B.Nabiyevlar ishtirok etdilar.

Ishtirok do’stona ruhdagi suxbat tarzida bo’lib, Mai xonim markazning tashkiliy ishlari va undagi dunyo talablariga to’la mos keladigan, zamonaviy jihozlar bilan ta`minlanganini alohida ta`kidlab o’tdi hamda yuqori baho berdi.

Kamata Mai xonim Tokioda joylashgan «NAT-TEST» markazi bosh ofisi prezidenti janob Kamata Atsushining qizi hisoblanadi.

«NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi