Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturining INTRAS loyihasi doirasida Slovakiyaning Zilina Universitetida shu yilning aprel oyida 12 kunga mo’ljallangan o’quv-amaliy seminarda ishtirok etish uchun talabalar o’rtasida tanlov e’lon qiladi.

     Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

  1. Ingliz tilida erkin muloqot qila olishlari va tushunishlari (IELTSsertifikatiga ega bo’lganlar qo’llab-quvvatlanadi) talab etiladi.
  1. Nomzodlar o’z yo’nalishi bo’yicha yaxshi va a’lo baholarga o’qiyotgan bo’lishlari shart.
  2. Nomzodning aniq maqsad va vazifalarga egaligi, loyihalarga ishtirok etishda faolligi hisobga olinadi.
  3. Nomzod ishchi komissiya uchun o’z taqdimotini o’tkazadi (ingliz tilida).

     Tanlovda g’olib bo’lgan 2 nafar talabalar Slovakiyaning Zilina Universiteti o’tkazilishi rejalashtirilgan seminarda ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Safar doirasidagi harajatlar ERASMUS+ fondi mablag’lari hisobidan qoplanadi..

     Nomzodlar ishchi komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.

     Nomzodlar o’z hujjatlari bilan Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro a’loqalar bo’limiga uchrashlari so’raladi!

     Nomzodlarning zaruriy hujjatlari ingliz tilida joriy yilning 26-fevral kuniga qadar qabul qilinadi!

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi