Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Kuni kecha 17-fevral sanasida Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazida 2019-1-test imtihoni bo’lib o’tdi. Test imtihoni «NAT-TEST» koordinatori dotsent A.Ermatov va koordinator assistenti B.Nabiyevlar nazorati ostida bo’lib o’tdi. Shuningdek, imtihon jarayonida auditoriya kuzatuvchilari sifatida «Transport va logistika» fakulteti dekan muovunlari G.Satvaldiyeva va S.Ortiqov, «Avtomatika va elektrotexnika» fakulteti dekan muovuni G.Yusupova, «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi katta o’qituvchisi M.Xadjimuhammedova,  «Avtomobilsozlik va traktorsozlik» kafedrasi katta o’qituvchisi H.Aliyev, «Tillar» kafedrasi o’qituvchisi G.Madrahimovalar ishtirok etdilar.

Shu o’rinda yuqorida nomlari keltirilgan auditoriya kuzatuvchilari, xususan, G.Satvaldiyeva,  S.Ortiqov, G.YusupovaM.Xadjimuhammedova, H.Aliyev va G.Madrahimovalarga beminnat xizmatlari uchun Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi o’z minnatdorchiligini bildiradi!

«NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi