Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berganimizdek “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi 2-Respublika tanlovi” viloyat bosqichi 2018-yilning 26-dekabr kuni Andijon mashinasozik institutida o’tkazilib keyingi bosqich yo’llanmasi egalari aniqlangan edi.

     2019-yilning 18-fevral kuni tanlovning Respublika bosqichiga start berildi. Tanlov Toshkent shahridagi Toshkent Turin politexnika universitetida o’tkazilmoqda. Tanlovning bu bosqichiga nafaqat Respublikamizning viloyatlaridan, balki chet davlatlardan  ham mehmonlar taklif etilgan. Shular qatorida tanlovning viloyat bosqichida “Eng yaxshi sanoat namunasi“ yo’nalishi g’olibligini qo’lga kiritgan Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi kaderasi dotsenti M.N.Umarova va institut Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.K.Yusupovalar ham ishtirok etmoqdalar.

     Tanlov joriy yilning 18-19 fevral kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Yakuniy natijalar esa barcha jarayonlardan so’ng kelgusi haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi