Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Viloyatmizda “Ommaviy sport oyligi” munosabati bilan joylardagi korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida badantarbiya mashg’ulotlari izchil davom etmoqda. Maqsad Ommaviy sport oyligi doirasida sog’lom turmush tarzini tashkil etish va bunga muntazam ravishda amal qilishda aholi o’rtasida immunitet hosil qilishdan iborat.

     Andijon mashinasozlik institutida ham boshlangan yangi o’quv haftasi institutda sport haftaligi deb e’lon qilindi. Sport haftaligining 1-kunida kelajak avlodga ta’lim va tarbiya beruvchi, ularni ham ma’nan, ham aqliy jihatdan yetuk qilib shakllanishida muhim rol o’ynayotgan ustoz va murabbiylar o’rtasida dars mashg’ulotlaridan oldingi badantarbiya va sport o’yinlari bilan boshlandi. Unda institutning barcha fakultetlari dekanlari, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilar faol ishtirok etdilar. Ertalabki badantarbiya ustozlarning kun davomida talaba-yoshlarga o’zidagi bor bilim va ko’nikmalarni to’laqonli yetkazib berishida jismonan toliqish va ruhan charchoq holatlarini kelib chiqishini oldini olishga xizmat qilish bilan birgalikda sog’lom turmush tarzini talabalar o’rtasida ham amaliy ko’rinishda targ’ib etishlar uchun zamin yaratdi.

     Qolaversa shu kuni institut talabalari o’rtasida sportning voleybol va fudbol turlari bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi va hafta davomida o’tkazib borilishi rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi