Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 12-19 fevral kunlari Andijon mashinasozlik instituti talabalari o’rtasida Andijon viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi post patrul xizmati xodimlari tomonidan  jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o’tkazildi. Tadbirda Institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, fakultetning Yoshlar bilan ishlash  bo’yicha dekan o’rinbosarlari va talabalar ishtirok etdilar.

     Tadbir davomida xodimlar tomonidan talabalar hozirgi kunda viloyatimizda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning salbiy oqibatlari aks ettirilgan suratlar bilan tanishtirildi. Bunday noxush holatlarning asosiy sababi esa asosan ichkilikbozlik, o’zaro noqonuniy o’yinlar va buning oqibatida moddiy qarzdorlik ekanligi haqida so’z yuritdilar. Bundan tashqari yoshlarni o’z joniga qasd qilish holatlari, zo’ravonlik, sovuq tig’li qurollardan foydalanish oqibatida bir-biriga tan jarohat yetkazish holatlari haqida axborot berildi. Ayniqsa so’ngi yillarda yoshlarning beparvoligi oqibatida yuz berayotgan yo’l transport hodisalarining asosiy sababi, katta magistral yo’llardan o’tish paytida telefon yoki shunga o’xshash mobil vositalarga chalg’ish, eshitish moslamasi hisoblangan quloqchinlardan (naushnik) foydalanish oqibatida haydovchilarning ogohlantirish signallarini eshitmay qolishi oqibatida yuz berayotganligini alohida ta’kidlab, bunday aloqa vositalari va aksesuarlardan maqbul joyda foylanish kerakligini aytib o’tdilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi