Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 15-fevral kuni institutning Umumtexnika fanlari kafedrasida t.f.n, dotsent Sh.Daliyevning “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasini  asoslash” mavzusidagi seminari o’tkazildi.

     O’tkazilgan seminarda Avtomobilsozlik fakulteti dekani M.Nazarov, O’quv-uslubiy ishlar bo’yicha dekan  o’rinbosari Q.Mirzaev hamda institutning professor-o’qituvchilari X.Sobirov, B.Bekqulov, Y.Mamirovlar ishtirok etdilar.

    Ilmiy seminarni ochib berish uchun so’zga chiqqan Andijon Mashinasozlik Instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri S. Sobirov bugungi seminar ishtirokchilariga bugungi o’tkazilayotgan seminar mavzusi va mavzu asosidagi muammo va uning yechimi mamlakatimizning paxta sanoatiga unum va foyda keltirishi haqida so’z yuritdi va ma’ruzachi Sh.Dalievga omad tilab, seminarni ochiq deb e’lon qildi.

    Ma’ruzachi, Sh.Daliev ilmiy seminarni tashkil qilinganligiga raxbariyatga va kafedra mudiriga minnatdorchilik bildirib, bugungi seminar mavzusidan kelib chiqqan holda mamlakatning zahira xom-ashyosi xisoblangan paxtani sifati va aslligini yo’qotmasligi uchun mayda iflosliklardan tozalash mashinasi nochog’lik qo’l kelishi kelishi va izlanishlar davomida yaxshi samara berishi haqida so’zladi. Qolaversa jarayondagi erishilgan yutuqlar yanada mustahkamlanib kelinayotganligi, Respublikamizda mashinasozlik soxalarini rivojlanishi Mashinasozlik institutining rivojlanishdagi istiqbollari Davlat e’tiborida ekanligi va bu juda katta ahamiyatga egaligi, mana shu e’tibor, mas’uliyatni mavjud jamoaning salohiyatiga, jipsligiga tayangan holda munosib oqlash zarurligi haqidagi qarashlarini hamda ta’lim muassasasining yaqin va uzoq kelajakdagi faoliyatining dolzarb masalalari to’g’risidagi fikrlarini bayon etdi.

    Ma’ruzachi, ilmiy seminar mavzusining ijobiy kutilayotgan natijalariga to’xtalib o’tdi va erishilgan yutuqlarni ilmiy seminar qatnashchilariga yoritib berdi, hamda ishtirokchilar faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, so’zini yakunladi.

    Ma’ruzachiga ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to’liq va mazmunli javoblar olindi.

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi