Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 16-fevral kuni Institutning mashinasozlik texnologiyasi fakultetida Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi assistenti O.Abdujabborovning “Yerlarni ekishga tayyorlash masalalari va muammolari” mavzusidagi seminari tashkil etildi.

     Seminarda Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekani M.Eshonov, O’quv-uslubiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O. Mirkomilov hamda institutning professor-o’qituvchilari X. Akbarov, A. Axunjonov, B. Xalnazarov, M.Xodjimuxamedova, S. Mirzaev, M. Akramovlar, A. Axmedov, A. Abdullaev, M. Muxtorov, M. Azimovlar, B. Abdullaev, O. Xudoyberdiev, F. Mamadalievlar qatnashdilar

     Ilmiy seminarni ochib berish uchun so’zga chiqqan Andijon Mashinasozlik Instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri X. Akbarov bugungi seminar ishtirokchilariga va ma’ruzachi B.Nabievga omad tilab, seminarni ochiq deb e’lon qildi.

     Ma’ruzachi, O.Abdujabborov ilmiy seminarni tashkil qilinganligiga raxbariyatga va kafedra mudiriga minnatdorchilik bildirib, jarayondagi erishilgan yutuqlar yanada mustahkamlanib kelinayotganligi, Respublikamizda mashinasozlik soxalarini rivojlanishi Mashinasozlik institutining rivojlanishdagi istiqbollari Davlat e’tiborida ekanligi va bu juda katta ahamiyatga egaligi, mana shu e’tibor, mas’uliyatni mavjud jamoaning salohiyatiga, jipsligiga tayangan holda munosib oqlash zarurligi haqidagi qarashlarini hamda ta’lim muassasasining yaqin va uzoq kelajakdagi faoliyatining dolzarb masalalari to’g’risidagi fikrlarini bayon etdi.

     Ma’ruzachi, ilmiy seminar mavzusining ijobiy kutilayotgan natijalariga to’xtalib o’tdi va erishilgan yutuqlarni ilmiy seminar qatnashchilariga yoritib berdi, hamda ishtirokchilar faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, so’zini yakunladi.

     Mahruzachiga ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to’liq va mazmunli javoblar olindi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi