Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Seminarda asosan suyuq dielektriklarni fizik va kimyoviy xususiyatlari to’g’risda qisqacha ma’lumot berib o’tdi.

 

     Teshilish qaytmas hodisa bo’lib, u dielektriklar kuchli elektr maydoni bilan o’zaro ta’sirlashganda ro’y beradi. Bu esa

 dielektrikning elektr izolyatsiyalovchi xususiyatini yo’qotishga olib keladi. Bu holda dielektrik izolyator sifatida foydalanilgan apparatura ishdan chiqadi. Dielektrikli buyum teshilishi kuchlanish

(Utesh)

bilan xarakterlanadi. Tabiiyki, buyum

U<Utesh

kuchlanishlarda ishlashi lozim.

Dielektrik materiallarni teshilish kuchlanishi bilan xarakterlab bo’lmaydi, chunki dielektrikning qalinligi (h) qancha katta bo’lsa Utesh shuncha katta bo’ladi. Shuning uchun, materiallar xossalari elektr mustaxkamligi bilan xarakterlanadi.

                                      (26)

 Etesh -teshilish ro’y beradigan elektr maydon kuchlanganligi.

Bundan tashqari, elektr teshilish moddaning zaryadlangan zarrachalari orasidagi elastik bog’lanishlar uzilganda paydo bo’ladi. Buning uchun kuchlanganlik bilan xarakterlanadigan qandaydir kuch qo’yilishi lozim. Elektr teshilishi elektr maydon kuchlanganlik ye beriladigan material uchun xarakterli bo’lgan kritik qiymati 

E = yetesh         (27)

ga erishganda, amaliy jixatdan birdan (10-8 ichida) ro’y beradi. SHuning uchun o’zgaruvchan kuchlanish berilganda, teshilish amplituda qiymati bilan xarakterlanadi:

(Utesh, max; Etesh, max). Sinusoidal kuchlanishi uchun: 

                                                      (28)

     Bunda Utesh-elektr maydonning issiqlik yoki mexanik ta’sirni xarakterlaydigan kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati. Ko’pchilik qo’llaniladigan elektr o’lchash asboblari ta’sir etuvchi qiymatlarini o’lchaydilar, shuning uchun Utesh, max ni aniqlash uchun (28) ifodadan foydalaniladi.

     Faqat gazsimon dielektriklarda teshilish sof elekron hodisalar bilan bo’ladi va kuchlanishning amplituda qiymati bilan xarakterlanadi. Suyuq va ayniqsa katta dielektriklarning yemirlishida esa issiqlik jarayonlari sezilarli rol o’ynaydilar, shuning uchun teshilish ta’sir etuvchi qiymatlar bilan xarakterlanadi (ya’ni, suyuq va qattiq materialar uchun teshilish sof elektr ko’rinishga ega emas).

     Elektr mustaxkamlik dielektrikda begona qo’shimchalar borligiga  va maydonning bir jinslilik darajasiga kuchli bog’liq. Suyuq dielektriklarda, masalan transformator yog’ida emulsiya holidagi suv, tola qismlari, qurim va h.q. lar bo’lishi mumkin. Bu qo’shimchalar maydon ta’sirida elektrodlar orasida, razryadni rivojlanishini ko’p osonlashtiradigan va elektr mustaxkamlikni pasaytiradigan zanjirlarni hosil qiladilar.

       

Elektr mustaxkamlikni xajmiy qiymatini aniqlash uchun, bir jinsli dielektrikni bir jinsli elektr maydonda elektr teshilishini o’tkazish kerak. Bu holda xaqiqiy elektr mustaxkamlik (26) tenglama bo’yicha hisoblanadi. Bir jinsli elektr maydon chetlari dumaloqlashtirilgan ikkita tekislik yoki radiuslari oralaridagi masofadan ancha katta bo’lgan ikkita sfera orasida vujudga keltirilishi to’g’risida tushunchalar berdi.