Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 15-fevral kuni Andijon mashinasozlik institutida Bank-moliya akademiyasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori N.X.Jumaev ishtirokida seminar o’tkazildi. Seminarga institut O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov rahbarlik qildi. Mazkur seminarga institutning “Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori U.A.Madrahimov tashkilotchilik qildi. Seminar davomida professor N.X.Jumaev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor Yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi To’g’risida”gi PF-5635-son Farmoni hamda unda belgilangan asosiy iqtisodiy-ijtimoiy vazifalarga to’xtalib o’tdi. Ma’ruza davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, uning natijalari va 2018-yilda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahliliga oid ma’lumotlar keltirildi. Seminarda qatnashgan institut professor-o’qituvchilari hamda talabalar tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo’yicha qator savollar berildi va ma’ruzachi tomonidan javoblar berib o’tildi.

     Seminarda institutning 100 nafarga yaqin talabalari va professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi