Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 15-fevral kuni Andijon mashinasozlik institutining Avtomatika va elektrotexnika, Mashinasozlik texnologiyasi va Transport va logistika fakultetlari talaba-qizlari ishtirokida «Oila muqaddas dargoh» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

     O’tkazilgan tadbirda institut Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xoliqova, Transport va logistika fakulteti dekani A.Ermatov, Andijon viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi «Qaynonalar kengashi» rahbari, Do’stlik  ordeni sohibasi Zamiraxon Tillaeva, «Mashhura» o’quv markazi psixologi Nilufar Inaqova, «Mashhura» o’quv markazining pazandachilik bo’yicha mutaxassisi Muhabbatxon Mashrabieva hamda 140 nafardan ziyod talaba-qizlar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

 

     Tadbirni institut Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova olib bordi va tadbirda qatnashayotgan talaba-qizlarga institutda Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan qizlarni oilaga tayyorlash bo’yicha to’garaklar va shunga o’xshash bir qator loyihalarda faol bo’lishga undadi. Bu bilan esa kelajakda oliy ma’lumotli shaxs sifatida shakllanayotgan talaba-qizlar, hayotiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi haqida so’z yuritdi.

     Shundan so’ng Andijon viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi «Qaynonalar kengashi» rahbari, Do’stlik  ordeni sohibasi Zamiraxon Tillaevaga so’z berildi. Ulkan bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan mutaxasis o’z so’zida aytib o’tdiki, har qanday imtiyozli diplom yoki oliy ma’lumot egasi bo’lgan qiz avvalo farzandlarga to’g’ri tarbiya bera oladigan ona, turmush-hayotdagi muammolarni ozining aql-u salohiyatiga tayangan xolda bartaraf etadigan zukko ayol sifatida shakllanishi kerakligini alohida ta’kidlab o’tdi. Agar oilada ayol kishi zehnli va oilaparvar bo’lsa, bu o’sha oilani jamiyatdagi ilg’or qatlamlardan o’rin olishiga turtki bo’lishi va oilaning tinchligi, uning ravnaq topishida muhim omil bo’lib xizmat qilishi haqida talaba-qizlarga samimiy gapirib o’tdi.

     O’tkazilgan davra suhbati ochiq muloqot shaklida o’tkazildi. Institutda tahsil olib, ayni paytda bir oilaning bekasi bo’lgan talaba-qizlarning oiladagi qaynona va kelin munosabatlariga oid savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Bundan tashqari oilali talaba-qizlarning turmush hayotidagi bir qator muammolari psixologlar tomonidan berilgan maslaxat va yo’l-yo’riqlar orqali hal etildi.

     Tadbir so’ngidaTransport va logistika fakulteti dekani A.Ermatov mehmonlarga tashrif uchun, qolaversa tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan davra suhbati va talaba-qizlarimiz uchun kelgusi hayotda zarur bo’ladigan qimmatli maslaxatlarini bergan soha mutaxassislariga minnatdorchilik bildirdi. 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi