Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ma’lumki, Andijon viloyati hokimining topshirig’iga asosan institutda  Andijon viloyati xokimligi, Rossiyaning Janubiy Ural davlat universiteti va “GM-Uzbekistan” AJ xamkorligida ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv qurollari, interaktiv stendlar va o’quv-laboratoriya jixozlari bilan ta’minlaydigan «AndMBI Innovation Solutions» ma’suliyati cheklangan jamiyati «O’quv jihozlari va stendlarini ishlab chiqarish» markazi tashkil etilgan edi.

SHu markaz a’zolari va “Avtomobilsozlik” kafedrasi professor -o’qituvchilar bilan uchrashuv va mahorat darslarini o’tkazish maqsadida  Rossiyaning Janubiy Ural davlat universiteti (YUurGU) »Uchtex-Profi»  O’quv jihozlari va stendlarini ishlab chiqarish markazining Qozog’iston bo’yicha vakili Bergaliyev Yertay SHaygullaevich 2018 yil 22-24 yanvar kunlari institutga tashrif buyurdi.

Ilmiy ishlab chiqarish markazini tashkil etishda institut rektori O’.R.Salomov va bir qator kafedralar bilan ish olib borilmoqda. O’tkazilgan 3 mahorat darslarida Rossiyaning Janubiy Ural davlat universiteti (YUurGU) »Uchtex-Profi»  O’quv jihozlari va stendlarini ishlab chiqarish markazi faoliyati, imkoniyatlari tanishtirildi, hamkorlikda ishlash bo’yicha yo’nalishlar belgilandi.

E.SH.Bergaliyevning o’tkazilgan mahorat darslari jadvali

Kun, oy, yil

Dars mavzusi Mazmuni

Kutiladigan natija

22.01.2019 Xalqaro aloqalar va  hamkorlik Rossiyaning Janubiy Ural davlat universiteti va mazkur universitet bilan hamkorlik yo’nalishlari Xamkorlikda bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh markaz tashkil etish
23.01.2019 »Uchtex-Profi»  O’quv jihozlari va stendlarini ishlab chiqarish markazi faoliyati Rossiyaning Janubiy Ural davlat universitetining “Uchtex-Profi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida tayyorlangan o’quv jihozlari bilan tanishish Institutimizda qisman yig’ish ishlarini tashkil etish, kelajakda esa mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish hisobiga barcha jihozlarni  mahalliy xom ashyolardan tayyorlash
24.01.2019 O’quv jixozlari va ularni tanlash www.labstand.ru sayti bo’yicha kerakli jixozlarini tanlab olishni o’rganish, katalog bo’yicha tahrirlash Ishlab chiqarish bo’yicha yangi kataloglar yaratish, milliy o’quv jihozlari bazasini shakllantirish

 

Kafedralar bilan   Rossiyaning »Uchtex-Profi»  O’quv jihozlari va stendlarini ishlab chiqarish markazi bilan kelgusida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan 55 xil yo’nalishlar bo’yicha  jihozlar saralab chiqilib, ularning kataloglari tayyorlanmoqda.

Ishlab chiqarishni amalga oshirishda Respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarining nosoz agregatlari, uzel va detallaridan foydalaniladi.

SHuningdek, Rossiyaning Janubiy Ural davlat universitetining “Uchtex-Profi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida tayyorlangan o’quv jihozlarini korxonada qisman yig’ish ishlari tashkil etiladi, kelajakda esa maxalliylashtirish dasturini amalga oshirish hisobiga barcha jihozlar maxalliy xom ashyolardan 100 % o’zimizda tayyorlashga erishish maqsad qilib qo’yildi.