Stipendiyalar bakalavr, magistratura, doktorantura va ilmiy tadqiqotlar uchun ajratiladi.
Grant quyidagi xarajatlarni qoplab berishni o’z ichiga oladi:
- O’qish xarajatlari
- Yashash xarajatlari
- Oylik stipendiya bilan ta’minlash
- Xalqaro aviachiptalar harajatlari (2 tomonga)
- Xalqaro konferentsiyalarda qatnashish bilan bog’liq harajatlar
- Ilmiy tadqiqotlar olib borish va yozish bilan bog’liq harajatlar
Tanlovdan muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlar mustaqil ravishda reytingi eng yuqori bo’lgan (Kembridj Universiteti, London Imperial Kolleji, Kopengagen Universiteti yoki Makgil Universitetlari kabi) xorijiy universitetlarga murojaat qilishlari kerak.
To’liq ma’lumot uchun quyidagi saytga murojaat qiling:
https://www.isdb.org/get-involved/scholarship-programme yoki https://isdbscholarships.smartsimple.com/s_Login.jsp
Odilov Otabek
Institut matbuot va axborot xizmati xodimi