Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    “Fizika va kimyo” kafedrasining  «Yarim o’tkazgichlar fizikasi» yo’nalishi phd falsafa fanlari doktori izlanuvchisi  Yusupov Abdurashid Xamidillaevich Quyosh batareyali energiya resurs tejamkor yoritgichlar tayyorlash  ilmiy mavzusi asosida  seminar o’tkazdi.

     Ushbu seminarda kafedra mudiri  G.Umarova dotsent  M.Xalilov,  katta o’qituvchilar A. Qodirov, B.Batirov, O.Mirkomilov assistentlar B.Ziyaev, G.Rustamova   doktorantlar    F.Sultonova, I Anarboevlar  hamda  xodimlar ishtirok etdilar. Seminarda ilmiy ishning asosiy maqsadi  qishloq xo’jaligi ekinlarini turli zarar kunandalardan  himoyalash uchun ekologik jihatdan sof, arzon va yuqori samarali biofizik tutkichlar yaratish, ishlab chiqarishni tashkil etish va ularni qishloq xo’jaligida joriy etish. Jahonda bunday zararkunandalarga qarshi kurashning bir necha: kimyoviy, biologik hamda fizik usullaridan keng qo’llaniladi. Bulardan biologik va fizik usullarni mujassamlashtirgan usul biofizik usul bo’lib, u texnik jihatdan o’zining samaraliligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda bu usuldan foydalanish xususan, turli modellari va uning ishlash mexanizmlari bo’yicha keng ko’lamda izlanishlar olib borilyotganligi haqida so’zladi. Energiya resurs tejamkor yoritkichlarni tayyorlash va ularni energiya manbai bilan tahminlash  maqsadida intellektual mulk agentligidan yangi modelga patent olish uchun berilgalini aytib o’tdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi