Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    2019-yilning 11-fevral kuni Andijon viloyati Elektr tarmoqlari aktsiyadorlik jamiyati majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi yoshlar to’g’risidagi qonuni  to’g’risida va bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash va ishga joylashtirish to’g’risida seminar o’tkazildi.

     Uchrashuvda Andijon XETK AJ bosh direktori o’rinbosari B.Obidov,   Andijon XETK AJ QUQ raisi Sh.O`rinboyev, viloyat xokimining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari F.Dadajonov, O’zbekiston Respublikasi Energetika va yoqilg’i kasaba uyushmasi yoshlar bilan ishlash bo’yicha bosh mutaxasis O.Mirzayev, O’zbekiston Respublikasi Energetika va yoqilg’i kasaba uyushmasi mexnatni muhofaza qilish bo’limi bosh mutaxasisi B.Abdullaеv va Andijon mashinasozlik instituti “EEE” kafedrasi o’qituvchilari  va “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” yo’nalishi bitiruvchilari ishtirok etdilar.

     Ushbu uchrashuvda bitiruvchilar yangi ishga qabul qilingan ishchi xodimlarni xaq huquqlari, imtiyozlari va majburiyatlari xaqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi