Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Viloyatimiz aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, jamiyatda jismonan sog’lom, ma’nan yetuk, barkamol avlodni shakllantirish maqsadida 2019-yilning 13-fevral kuni soat 08:00da Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur maydonida “Ommaviy sport oyligi” tadbirining ochilish marosimi o’tkazildi. O’tkazilgan tadbirda viloyat Xalq ta’limi Boshqarmasi, Kasb-hunar ta’lim Boshqarmasi, viloyat Jismoniy tarbiya va sport Boshqarmasi vakillari  hamda viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan talabalar va professor o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Ochilish marosimi avvalida Viloyat hokimligi kotibiyat mudiri A.Mirkamilov shox va shoir Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan tadbir qatnashchilariga viloyat Hokimi Sh.Abdurahmonovning qizg’in tabrigini yo’llab tadbirni ochib berdi.

     Shundan so’ng barcha muassasa va tashkilotlardan kelgan vakillar ertalabki ommaviy badantarbiya mashg’ulotini bajarishga kirishdilar. Andijon mashinasozlik instituti talabalari va professor-o’qituvchilari ham ushbu badantarbiya mahg’ulotlarida faol ishtirok etib, sport targ’ibotida o’z hissalarini qo’shdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi