Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

11-fevral sanasida Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi “NAT-TEST” yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazida institutimiz qoshidagi “Texnologiyalar markazi” faoliyatini kengaytirish maqsadida O’zbekiston Yoshlar ittifoqining “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi hududiy bo’limi rahbari A.Otaxonov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

     “Transport va logistika” fakulteti dekani A.Ermatov boshchiligida o’tgan mazkur uchrashuvda institutimizning bir guruh iqtidorli talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida “Texnologiyalar markazi”da mavjud “Mexatronika va robototexnika” kursini kengaytirish maqsadida turli takliflar berildi. Xususan, mazkur kurs talabalari bilan birgalikda hozirda qishloq xo’jaligi sohasida ishlatilish yo’lga qo’yilgan turli dronlar, og’ir yumushlarni yengillashtirishga qaratilgan turli robotlar ishlab chiqarish loyihasi hamda ularni moliyalashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

     Uchrashuv yakunida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi hududiy bo’limi boshlig’i A.Otaxonov ushbu loyihalarni hayotga tadbiq etishda hamkorlik qilishini bildirib o’tdi.

“NAT-TEST” yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi