Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi hamkorligida 2019-yil davomida amalga oshiriladigan chora tadbirlar dasturiga muvofiq talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talaba qizlar uchun Oila, nikoh va reproduktiv salomatlik  hamda shaxsiy gigienaga rioya qilish qoidalarini tushuntirish bo’yicha mutaxassislarni jalb etgan holda davra suhbat o’tkazilib borilmoqda.

     2019-yil 7-fevral kuni institutning 1-Talabalar turar joyida «Reproduktiv salomatlik» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, institut boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova, ayollar shifokori Zunnunova Nargiza Zakirovna hamda institutning 40 dan ziyod talaba-qizlari ishtirok etdi.

     Davra suhbati davomida mutaxassis tomonidan talabalarga sog’lom turmush tarziga muntazam amal qilish, kun tartibidagi gigiena qoidalari, ayollar salomatligi va kasalliklari, kelib chiqish sabablari va uni oldini olish choralari haqida ma’lumotlar berildi. Bu bilan esa jamiyatda sog’lom oilalar soni ko’payib borishini ta’kidlab o’tdi.