Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 11-fevral kuni Andijon mashinasozlik institutida Xazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.

     Tadbirda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Avtomobilsozlik fakulteti dekani M.Qo’chqarov, Transport va logistika fakulteti dekani A.Ermatov,  O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoir Baxodir Andijoniy, yozuvchi Vosit Qahhor hamda 150 dan ziyod talabalar ishtirok etdi.

     Buyuk bobolarimiz xotirasiga bag’ishlangan ushbu tadbirda ularning hayoti va ijodi to’grisida shoir va shoiralar tomonidan qiziqarli ma’lumotlar aytib o’tildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan yod olib ijro qilingan har ikki shoirning g’azal va ruboiylari, mumtoz raqs guldastasi, ijro qilingan kuy va qo’shiqlar  hamda sahna ko’rinishlar tashrif buyurgan mehmonlar qatori barchaga birdek manzur bo’ldi.

     Tadbir so’ngida mehmonlar institut talabalari  mashinasozlik sohasi bo’yicha ta’lim olishlariga qaramasdan adabiyotga bo’lgan muhabbatlari yuksak ekanligini ta’kidlab, mana shunday mazmunli dasturni taqdim etganliklari uchun talabalarga minnatdorchilik izhor etdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi