Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha  qoshimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarorining 11-bandi va O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari A.Abduxakimov tomonidan 2018-yil 14-avgustda tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ilmiy faoliyatga yo’naltirish va ularrda innovatsion fikrlashni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 2- bandiga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida “Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondoshuv”, “Eng yaxshi innovatsion g’oya” va “Innovatsion ta’lim” loyihalari nominatsiyasi bo’yicha tanlov nizomi ishlab chiqilgan.

Ushbu nizom asosida 2018-yilning 8-fevral kuni institutning “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetida tanlovning fakultet bosqichi o’tkazildi. Unda ishtirokchilar “Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondoshuv”, “Eng yaxshi innovatsion g’oya” loyihalari bo’yicha ishtirok etdilar.

Yakunda  “Eng yaxshi mustaqil ish” yo’nalishi bo’yicha “Elektrotexnikasi, elektromexanikasi, elektrotexnologiyalar” yo’nalishi 3-bosqich 215-guruh talabasi Qobiljonov Zokirjon G’ofurjon o’g’li faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, “Eng yaxshi ijodiy yondoshuv” yo’nalishi bo’yicha “Texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo’nalishi 3-bosqich 221-guruh talabasi Abduxalilov Mirzohid Vohidjon o’g’li g’oliblikni qo’lga kiritdi. “Eng yaxshi innovatsion g’oya” yo’nalishi bo’yicha esa “Elektrotexnikasi, elektromexanikasi, elektrotexnologiyalar” yo’nalishi 3-bosqich 215-guruh talabasi Sultonov Azizbek Ismoiljon o’g’lining loyihasi munosib deb topildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi