Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 11-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Mamajonov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova, fakultet dekanlari va dekan o’rinbosarli, faxriy ustozlar, 50 dan ziyod professor-o’qituvchilar hamda barcha fakultetlarning  talabalari ishtirok etdilar.

     Yig’ilishda yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan barcha talabalarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv haftasi davomida ustoz va murabbiylar tomonidan talabalarning oldilariga qo’yilgan vazifalarni sidqi dildan ado etishlari, fanlarni a’lo darajada o’zlashtirishlarini, ularni o’quv mashg’ulotlariga muntazam ravishda qatnashishlari, ilmiy va innovatsion loyihalarda faol bo’lishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o’zlarini iqtidor va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun institutda barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli ekanligi uqtirib o’tildi va bu imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish kerak ekanligi tushuntirildi.

     Yig’ilish davomida o’tgan haftada “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondoshuv” va “Eng yaxshi innovatsion g’oya” ko’rik tanlovi natijalari e’lon qilindi hamda g’oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

     Qolaversa ushbu hafta davomida amalga oshiriladigan ishlar haqida talablarga axborot berildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi