Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 9-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida ulug’ mutaffakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 578-yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodidan” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

    Tadbirni institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I M.Xaliqova ochib berdi va o’z so’zida o’zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutaffakkiri va davlat arbobi bo’lgan Alisher Navoiy hayoti va ijodini sidqi dildan o’rganish insonda ma’naviy yuksalish va kamol topishida qanot bo’lishini aytib o’tdi.

     Shundan so’ng tadbirning badiiy qismiga murojaat qilindi. Unda institutning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan raqslar, Navoiy ijodidan g‘azallar va sahna ko’rinishlar, Navoiy haqidagi video-roliklar namoiy etildi. Ayniqsa Alisher Navoiy g’azallaridan kuylangan jonli ijrodagi qo’shiqlar tadbir qatnashchilarida tomonidan iliq kutib olindi.

     Tadbir so’ngida institut Boshlang’ich  Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova so’zga chiqib, tadbir ishtirokchilari va qatnashchilarini ushbu kun bilan muborakbot etgan holda bugungi madaniy-ma’rifiy tadbirdan olgan ulkan taasurotlari haqida so’z yuritib tadbirga yakun yasadi.

 

 

Otabek Odilov

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi