Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’sib kelayotgan kelajak avlodni ajdodlarga xurmat ruhida tarbiyalash bugungi kunga qo’yilgan asosiy talablardan biridir. Zero o’z tarixi va zamonasining buyuk shaxslarini dunyo mamlakatlaridagi turli xil millatlar vakillari o’rganishga ishtiyoq bildirayotgan ayni davrda, u shaxslar aynan bizning ota-bobolarimiz ekanligi insonga o’zgacha g’urur va iftixor to’lish bilan birgalikda ular haqida ko’proq bilishimiz zarur ekanligini oldimizga vazifa qilib qo’ymog’imiz kerak . Buyuk bobokalonlarimiz haqidagi bilimlarni chuqur egallash, ularni hayoti va ijodini o’rganish esa barchamiz uchun ham maroqli va sharafli yumushga aylanmog’i zarur.

     2019-yilning 9-fevral kuni yurtimizning barcha viloyatlaridagi ta’lim muassasalarida Buyuk shoir, butun dunyo xalqlari orasida g’azal mulkining sultoni deya e’tirof etiladigan ajdodimiz Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan   shaxrimizdagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida joylashgan buyuk shoir va ulug’ mutaffakkir nomiga bunyod etilgan muhtasham haykal poyiga gul qo’yish marosimi o’tkazildi.

     O’tkazilgan tantanali marosimda Andijon mashinasozlik instituti talabalari ham ishtirok etib, Alisher Navoiyga bo’lgan chuqur xurmat va extiromlarini  haykal poyiga qo’yilgan gullar bilan yana bir bor isbot etdilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi