Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 7-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova boshchiligida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Axmedov hamda guruh murabbiylari institutning ushbu fakultetida tahsil olib, ayni paytda ijarada istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan ularning yashash joylarida uchrashuvlar tashkil etdilar.

     Uchrashuvlar davomida talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarning qishki mavsumga tayyorligi o’rganildi. Shu bilan birgalikda ularni darsdan bo’sh vaqtlarida o’qib o’rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va xonadonda yaratilgan ma’naviy muhit bilan yaqindan tanishildi.

      Uchrashuvlar davomida talabalarga o’sha xonadondagi ichki tartib qoidalarga rioya etishlari, bo’sh vaqtlarini mazmunli va kitobga hamnafas bo’lgan holda o’tkazishlari haqida uqtirildi. Shu mazmundagi uchrashuvlarni tashkil etish davom etmoqda.  

  

 

 

Otabek Odilov

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi