Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2019-yilning 6-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida seminar o’tkazildi

     Seminarda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori N.Ikromov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Andijon viloyat “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi boshlig’i Murodjon G’ofurov, Jinoyat ishlari bo’yicha Andijon viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshox Rasulov,     Andijon shahar IIOFMB 4-sonli IIB XPG PI katta   leytenanti Fazliddin Yuldashev, Andijon shahar IIOFMB 4-sonli IIB XPG PI leytenanti Baxtiyorjon Xodjaevlar hamda 220 dan ziyod talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. 

     Seminarni institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova kirish so’zi bilan ochib, yig’ilganlarga seminarga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi.

     M.Xaliqova o’z so’zida kun tartibidagi masaladan kelib chiqib, xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan hamma narsadan ustun qo’yadigan adolat tuyg’usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekanligi, jamiyatimizda korruptsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to’g’risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rilayotganligini ta’kidlab, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o’ta dolzarb masala bo’lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo’lsa-da, uning to’laqonli ro’yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o’zida mas’uliyat his etsa, qo’yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo’lishi haqida o’z fikrlarini bildirdi.

     Seminarda K.Rasulov so’zga chiqib, ta’lim muassasalari talaba-yoshlari orasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar, yoshlarimizni huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilganligi islohotlar xususida to’htalib, korruptsiyaning jamiyat taraqqiyotiga qay tarzda salbiy ta’sir ko’rsatishi to’g’risida so’z yuritdi.

        Shundan so’ng seminarda Andijon viloyat “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi boshlig’i M.G’ofurov So’z olib, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi, korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyati va hamkorligi haqida so’z yuritib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, unda belgilangan vazifalar amalga oshirilayotganligi hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo’yishga, ularning oqibatlarini va imkon beruvchi sabablar, shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar to’g’risida gapirdi.

     Seminar ishida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N.Ikromov so’zga chiqib, quyidagi fikr-mulohazalarni bildirdi:

    Ming afsuski, korruptsiya davlatchilik shakllarining har qanday ko’rinishida insoniyatning ma’naviy va moddiy taraqqiyotiga bolta urib kelayotgan o’ta ijtimoiy illat sifatida juda katta to’siқ bo’lib kelayotganligi, o’rni kelganda ta’kidlash kerakki, korruptsiya bugungi kunda ham insoniyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri bo’lib kelayotganligi to’g’risida so’z yuritdi.

    Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev juda ko’plab ma’ruza va chiqishlarida loqaydlik, beparvolik, poraxo’rlik, korruptsiya, soxtakorlik, mansab vakolatni suiste’mol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to’g’risida gapiradilar va huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilariga asosiy vazifa sifatida qo’yadi. Jamiyat taraqqiyoti kushandasi bo’lgan ushbu illatga qarshi kurashish yo’lida ayovsiz kurash olib borilayotgani o’zining samarasini berayotganligini ta’kidladi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi