Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Barchamizga yaxshi ma’lumki, Andijon mashinasozlik instituti tarkibiy tuzilmasida bir qator o’zgarishlar yuz berdi. Shu kungacha Mashinasozlik deb nomlangan fakultet endilikda Avtomobilsozlik fakultetiga aylantirildi.

     Kuni kecha Avtomobilsozlik fakultetida dastlabki yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda fakultet tasarrufidagi kafedralar professor-o’qituvchilari, gurux murabbiylari ishtirok etishdi.

     Yig’ilishni fakultet dekani M.Qo’chqarov ochib berar ekan, Avtomobilsozlik fakulteti tashkiliy tuzilmasi, yangi gurux murabbiylari, ta’lim sifatini oshirish, o’quv jarayonini tashkil qilish kabi bir qator masalalar bo’yicha fikr-muloxazalar bildirib o’tdi.

   Yig’ilishda institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi T.Almataev ham so’z olib, institutda xodimlar va talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish, ayniqsa jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida gapirib o’tdi. Shuningdek, korruptsiyaning salbiy ko’rinishi unga qarshi barchamiz bir bo’lib kurashishimiz kerakligi, bu borada kasaba uyushma faollari tomonidan olib borilayotgan ishlarga aloxida to’xtalib o’tdi.

     Ta’lim sifatini oshirish, faoliyatimizning asosiy mezoniga aylangan deydi –    “Avtomobilsozlik” fakulteti dekanati M.Qo’chqarov. O’tayotgan har bir kunimiz yangicha ishlash, har bir ishimizda fidoiylikni talab qilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sifatini yanada oshirish, faoliyatimizga tanqidiy ruxda yondoshish, kamchilik va muammolarimizni birgalikda hal qilish, talabalar davomatini yuz foizga olib chiqish barchamizning eng oliy vazifamizga aylanishi kerak deb o’ylayman.

     Yig’ilish davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, gurux murabbiylari faoliyatini yanada jonlantirish kabi bir qator masalalar yuzasidan savol-javoblar bo’lib o’tdi.

 

 

Xayrullo Vasiev, Odilov Otabek – Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimlari