Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Xushxabar !!!

     Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg’armasi chet elda malaka oshirish, amaliyot o’tash, magistratura va doktorantura dasturlari bo’yicha ta’lim olish uchun stipendiyalar tanlovini e’lon qilgan edi. Mazkur tanlovda institutimizning bir necha professor-o’qituvchilari ishtirok etib, maqbul nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etildi. Joriy yilning 30-31-yanvar va 1-fevral kunlari bo’lib o’tgan, xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash bo’yicha ikkinchi bosqich imtihonlari natijalariga ko’ra, institutimizning “Avtomobilsozlik” kafedrasidan 3 nafar professor-o’qituvchilar uchinchi bosqichga tavsiya etildilar.

     Ishonamizki mazkur tavsiya etilgan nomzodlar O.A.Tursunov, Y.O.Yoqubov va Z.A.Aysachevalar tanlovning 3-bosqich imtihonlarini muvafaqqiyatli topshirib, institut sha’nini munosib himoya qiladilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi