Yig’ilish 2019 yil 02 fevral kuni katta anjumanlar zalida bo’lib o’tdi. O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi
PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-2019 o’quv yili uchun institut va fakultetlar tuzilmalari Vazirlik tomonidan tasdiqlanganligini aytib, “Mashinasozlik”, “Mashinasozlik texnologiyasi” hamda “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetlari negizida “Avtomobilsozlik”, “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomatika va elektrotexnika”, “Transport va logistika” fakultetlari tashkil etilganligini bildirdi.
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov tomonidan 2018-2019 o’quv yilining bahorgi semestri uchun o’quv jarayoni jadvaliga asosan dars jadvallari ishlab chiqilganligi va unga asosan “Transport va logistika”, “Avtomatika va elektrotexnika”, “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” fakultetlari 1-smenada, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti ikkala smenada, “Avtomobilsozlik” fakulteti 2 smenada dars mashg’ulotlarini olib borishi axboroti yetkazildi.
Fakultet dekanlari tomonidan 2018-2019 o’quv yilining kuzgi semestri 1-2-3 kurslar birinchi va 4-kurslar ikkinchi qaydnomalari yakunlanishi va semestr yakuni bo’yicha hisobotlar topshirishlari bo’yicha ma’lumot berildi.
Yig’ilish yakunida O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov 2018 yilning 18-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan “Rossiya-O’zbekiston ta’lim forumi” doirasida Andijon mashinasozlik instituti va Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural Davlat Universiteti o’rtasida imzolangan shartnomalar asosida yo’l xaritasi ishlab chiqilganligi, 1 nafar mutaxassis professor-o’qituvchi (Bergaliyev ye.SH) tashrif buyurganligi, birgalikda ishlab iqish va amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan zamonvaiy o’quv laboratoriya jihozlarini ro’yxati ishlab chiqilganligini aytib, kelgusida 1 ta qo’shma fakultet ochish, 3 nafar talabalar almashuvi, 3 nafar professor-o’qituvchilar almashuvi, 5 nafar malaka oshirish bo’yicha, 1 ta birgalikda zamonaviy o’quv laboratoriya jihozlarini ishlab chiqish uchun texnik shartlarni, loyiha-konstruktorlik ishlarini olib borish va tajribaviy ishlab chiqarish yo’lga qo’yish lozimligini ta’kidladi.
SHuning uchun ishlab chiqilgan yo’l xaritasi asosida bajariladigan ishlar bo’yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga joriy yilning 7 fevral payshanba kuniga qadar o’z ish rejalarini topshirishi kerakligini tayinladi.
Yig’ilishda O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, ATM boshlig’i G.Parpiyev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari qatnashdilar.