Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

   

 

 

     Barchamizga ma’lumki O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining  2017-yil 21-oktabrdagi 01-04/102-sonli Ijroiya qo’mitasi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy faolligini hamda tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash, Ittifoq a’zoligidagi samarali faoliyatini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan Oliy ta’lim muasssalari talabalari uchun “O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi” joriy etilgan edi.

    2018-yilning 20-22-dekabr kunlari O’zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida mazkur tanlovning Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan jami 183 nafar talabalar ishtirok etgan tanlov yakunida 14 nafar talabalar O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi sohibiga aylandilar. Quvonarlisi ular orasida Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi, «Mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish» yo’nalishi 3-bosqich talabasi , «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi xodimi Akbarov Abdulhamid Akmal o’g’li ham ushbu mukofotga sazovor bo’ldi.

    Talabamiz bu bosqichda bevosita Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi «Texnologiyalar markazi»ning filiali sifatida “Qishloq joylarida “Texnologiyalar markazi” universal-innovatsion o’quv markazlarini tashkil etish” nomli loyihasi bilan ishtirok etdi.

    Talabamizning o’qish va faoliyatida omad va yuksaklik tilaymiz. Ishonamizki kelgusida institutda shunday shijoatli yoshlardan o’rnak olib, yurt istiqboli uchun kamarbasta bo’la oladigan talabalar soni ortib boradi.

 

 Odilov Odilov

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi